Shuhrat Abdurahmonov kenja qiziga uch kun dabdabali to‘y qilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kenja qiziga uch kun dabdabali to‘y bergani haqidagi xabarlar va ushbu holat aks etgani aytilgan foto va videolar tarqaldi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, haqiqatan ham, videolavhaning birinchi qismida Andijon viloyati hokimining qizi va kuyovining unashtiruv marosimidagi suratlar aks etgan.
«Andijon viloyati hokimi yaqin kunlarda qizini turmushga uzatganligi ma’lum. Ammo tarqatilgan videoning ikkinchi qismida turli xil kiyim kechaklar, uy-joylar aks ettirilgan suratlar viloyat hokimiga umuman aloqador emasligi, internet tarmoqlaridan ko‘chirib olingan suratlar yordamida tayyorlanganligi aniqlangan», — deyiladi hokimlik munosabatida.
Shuhrat Abdurahmonovning o‘tgan yili karantin vaqtida kichik qizi 19 yoshga to‘lishi munosabati bilan kattagina tadbir uyushtirgani va unga xonanda Munisani xizmatga taklif qilgani ham ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter