Shoir Safar Olloyor yana bitta zarbuldoston yozdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Safar Olloyor o‘zining ikkinchi zarbuldostonini yozib tugatdi.
Shoirning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, yaqinda «Tabiat va Oqibat» nomli 8 mustaqil dostondan tarkib topgan asariga mualliflik huquqi ob’yektini deponentlash to‘g‘risidaIntellektual mulk agentligi tomonidan 002600-raqamli guvohnoma taqdim etilgan.
Ushbu adabiyotdagi eng yirik nazmiy monumental asar 1992-2020-yillar davomida yozilgan bo‘lib, asosan, unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan ijtimoiy-ma’rifiy yutuqlar bilan bir qatorda yurtdoshlarimiz faoliyatidagi Ona Tabiat bilan bog‘liq munosabatlar o‘zining ifodasini topgan.
Asar keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, shoir Safar Olloyor adabiyotda yangi janr bo‘lgan zarbuldostonga asos solgani, uning «Odam va Omad» nomli zarbuldostoni Intellektual mulk agentligi tomonidan adabiyotdagi ilk janr sifatida qayd etilgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter