Shodmonov ishdan ketadi. O‘rniga boshqa nomzod ko‘rilmoqda
Qonunchilik palatasida Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Abduhakim Mo‘minovich Xadjibayev nomzodi ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
A. Xadjibayev shu kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Shodmonov 2017-yilning fevralida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 15-iyul kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bu kasallik bilan «pastga tushib» mukammal shug‘ullanmagani uchun Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter