Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor uyqu sifatini buzadigan mahsulotlarni sanab o‘tdi

Shifokor uyqu sifatini buzadigan mahsulotlarni sanab o‘tdi

Ayrim mahsulotlar uyqu hamda uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda diyetolog Yelena Kalen ma’lum qildi.

Mutaxassisning fikricha, muntazam uyqusizlik oqibatida immunitet pasayadi, organizmda stress gormonlari to‘planadi va tananing umumiy holati yomonlashadi. Natijada, odam tez charchaydi va asabiylashadi, bu ko‘pincha ortiqcha ovqatlanish va ortiqcha vazn to‘plashga olib keladi.

Uyqusizlikning sababi ma’lum turdagi oziq-ovqatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘k pishloq, qovurilgan go‘sht, baqlajon, pomidor, tuzlangan bodring (sabzavot va baliq) va avakado. Ular tarkibida ko‘p miqdorda tiranin mavjud bo‘lib, organizmdagi bu aminokislota norepinefringa (stress gormoni) aylanadi.

«Gormonning qondagi konsentratsiyasi barcha stressli vaziyatlarda ortadi. Natijada, biz haddan tashqari hayajonlanamiz va tunda uyquga ketishimiz qiyin bo‘ladi», — deya tushuntirgan diyetolog.

Kalenning qo‘shimcha qilishicha, yotishdan oldin selderey va diuretik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa taomlarni iste’mol qilmagan ma’qul.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring