Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor qon bosimini pasaytirishda yordam beruvchi mahsulotlarni sanadi

Shifokor qon bosimini pasaytirishda yordam beruvchi mahsulotlarni sanadi

Britaniyalik shifokor Kris Stil gipertoniyadan aziyat chekuvchi bemorlar uchun foydali mahsulotlarni aytib o‘tdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy yogurt, yong‘oq va o‘simlik choyini iste’mol qilish qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.

Shifokorning qayd etishicha, gipertoniya bilan og‘rigan bemorlar uchun eng foydali taomlardan biri qatiq hisoblanadi.

«Har kuni yogurt iste’mol qiling, lekin meva qo‘shimchalari va shakar miqdori yuqori bo‘lmasin. Agar tabiiy qatiq iste’mol qilsangiz, salomatligingizga ijobiy ta’sirini sezasiz» – deydi u.

Shifokor gipertenziv (qon bosimi yuqori) bemorlar uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar sifatida yong‘oq va o‘simliklardan tayyorlangan choylarni qayd etishgan.

Amerikalik olimlar avvalroq ituzum va undan tayyorlangan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish hol-ahvolni yaxshilashini, shuningdek, qon bosimini pasaytirishini ma’lum qilishgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring