Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor miya qarishini sekinlashtiruvchi omillarni ma’lum qildi

Shifokor miya  qarishini sekinlashtiruvchi omillarni ma’lum qildi

Foto: AiF

Psixofiziolog, neyrofitness markazi rahbari Vyacheslav Lebedevning aytishicha, xotira yomonlashuvi va miya faolligining pasayishi sekinlashishi, hatto  30 yoshda ham paydo bo‘lishi mumkin. Sputnik radiosiga bergan intervyusida mutaxassis miya faoliyatini yaxshi saqlashga yordam beradigan usullarni ma’lum qilgan.

Lebedevning aytishicha, ko‘pincha odamlar o‘ttiz yoshida ma’lumotni tez unutib qo‘ya boshlaydilar va xotiradan shikoyat qiladilar.

Shunday qilib, odam ko‘p vazifalarni bajarishi, xat va qo‘ng‘iroqlarga javob berishi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan buni bajarish qiyinlashdi. «Bu kognitiv buzilish deya ataladi», — deb tushuntirgan shifokor.

Mutaxassisning fikricha, yoshlik va o‘rta yoshda miyaning qarishini oldini olish mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonni to‘xtatib qo‘yish juda oson. Psixofiziolog miyaning qarishini sekinlashtirish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirgan.

«Uyqu, ovqatlanish va jismoniy faollik — bu uchta asosiy element. Agar ulardan biri yetishmayotgan bo‘lsa — ya’ni biz yomon ovqatlansak, yoki tartibsiz uxlab yoki ozgina harakat qilsak salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Bu bizning kognitiv salomatligimiz tayanadigan uchta ustun», — deya ta’kidlagan Lebedev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring