Shifokor buyraklarni sog‘lom saqlashning shartini aytdi
Organizmning suvsizlanishi bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, zaiflik va buyraklar bilan bog‘liq muammolarga olib keladi, deydi diyetolog Emi Gudson Eat This Not That portaliga bergan ma’lumotida.
Tanani suv bilan ta’minlash siydik tizimi va buyraklar salomatligi uchun juda muhimdir. Suv organizmdan shlak va toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi, qon tomirlarining elastikligini saqlaydi.
«Suvsizlanishni aniqlashning oddiy sinovi peshob rangiga qarashdir. Agar u och sariq va tiniq bo‘lsa hammasi joyida. Aks holda davo choralarini ko‘rish kerak», — deya tushuntirdi shifokor.
Sog‘lom odam kuniga ikki litrgacha suyuqlik ichishi mumkin, jumladan choy, qahva, boshqa har qanday ichimliklar va sho‘rvalar.
Agar odamda allaqachon buyrak muammosi bo‘lsa, unda unga kerak bo‘lgan suv miqdori shifokor tomonidan belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter