Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor baliqning o‘ta foydali xususiyatlari haqida gapirdi

Shifokor baliqning o‘ta foydali xususiyatlari haqida gapirdi

Diyetolog, Sankt-Peterburg davlat universiteti tibbiyot fakulteti dotsenti Andrey Bobrovskiy Sputnik radiosiga bergan intervyusida baliqlarni sog‘liq uchun o‘ta foydali mahsulot deb atadi.

Mutaxassis baliqni haftada uch-to‘rt marta iste’mol qilish kerakligini ta’kidlagan. Chunki u yurak-qon tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimi va asab tizimi kasalliklarining oldini olishda foydalidir.

Shifokor, baliq boshqa go‘shtlarga to‘liq muqobil ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

«Uchta eng qulay tur bor — seld, makkel va sardinka. Bu arzon, keng tarqalgan va foydali baliq navlari, ular har doim sotuvda bo‘ladi va har qanday oila sotib olishi uchun qulay narxda», — deya ta’kidlagan Bobrovskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, seld, makkel va sardinka tarkibida ko‘p miqdorda triptofan bor, bu modda «yaxshi kayfiyat gormoni» deb ataladigan serotonin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.

«Baliqni peshtaxtada qancha va qanday rejimda muzi eritilgani noma’lum bo‘ladi. Agar muzi eritilganiga ko‘p vaqt bo‘lsa, ma’lum me’yorga amal qilinmasa, ovqatdan zaharlanish xavfi mavjud», — degan mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring