Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayxontohurning ayrim hududlari gaz ta’minotisiz qoladi

Shayxontohurning ayrim hududlari gaz ta’minotisiz qoladi

Foto: Xabar.uz

Ibn Sino mavzesi Beltepa ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgani bois, 2023-yil 5-yanvar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Shayxontohur tumanining bir necha mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

— Beltepa ko‘chasidagi 23 ta ko‘p qavatli uy;
— Ibn Sino mavzesidagi 13 ta ko‘p qavatli uy;
— Jarariq mavzesidagi 21 ta ko‘p qavatli uy;
— Mingtepa ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uy;
— «Yangi Jarariq» mahallasidagi 900 ta xonadon;
— Oqibat ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
— Uyg‘un ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
— Ipakchilik mahallasidagi 140 ta xonadon.
Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTT da ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Qayd etilishicha, 3-Issiqlik markazida gaz bosimi me’yoridan past bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring