Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayxontohur tuman hokimligining mansabdor shaxslari jarimaga tortildi

Shayxontohur tuman hokimligining mansabdor shaxslari jarimaga tortildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 23-iyul kuni «Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzolagani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish ma’muriy sudlardan Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalariga o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasining MJtK 2155-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik yuzasidan Davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli davlat organlari mas’ul xodimlariga nisbatan dastlabki ma’muriy javobgarlikka tortish chorasi qo‘llanildi.

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining xabar berishicha, boshqarma tomonidan poytaxtdagi bir qator mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda xususiy korxonalarining umumiy ovqatlanish ob’yektlariga alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi olish uchun qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatini buzib, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganliklari uchun Toshkent shahri Shayxontohur tuman hokimligining mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan eng kam oylik ish haqining besh baravari ya’ni 921 500 so‘m miqdorida jarima solingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring