Shayx Abdulaziz Mansur Toshkent shahri Bosh imomi etib tayinlandi
Bugun, 26 iyun kuni poytaxtimizdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu majlisda qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari diniy idora raisi o‘rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o‘z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 21 maydan buyon Rahmonov Rahimberdi Toshkent shahrining vaqtinchalik bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter