Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Umurzoqov rasman hokim etib tasdiqlandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Prezident Toshkent shahri hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Buronovich Umurzoqov nomzodini tavsiya etdi.

Shahar hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbari xalq vakillari bildirgan bu yuksak ishonch yangi hokimdan katta mas’uliyat, tinimsiz mehnat va fidoyilikni talab qilishini ta’kidladi.

Yangi hokim o‘z o‘rinbosarlari, tuman hokimlari, sektor va bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan poytaxt aholisi uchun munosib sharoit yaratish, investitsiya olib kelib, yangi-yangi yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish, shaharni yanada obod qilish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar rozi bo‘lishi uchun yangicha yondashuv asosida katta marralarni olib, qattiq ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, u 2023 yilning mart oyida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring