Shavkat Mirziyoyev: «Xotin-qizlar va oila masalasi — shunchaki nomiga shug‘ullanadigan masala emas»
Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishni yakunlar ekan, shunday dedi:
«Yurtimizda “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi”, degan ezgu qarash hayotimiz qoidasiga aylanishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha opa-singillarimiz, qizlarimiz, mo‘’tabar onalarimizga munosib sharoit yaratib berish uchun bundan buyon ham barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.
Bir narsani alohida ta’kidlab aytmoqchiman: xotin-qizlar va oila masalasi — bu kundalik ishlar orasida shunchaki nomiga shug‘ullanadigan masala emas.
Bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan vazifa, kerak bo‘lsa, masalalarning masalasidir.
Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo‘lgan mehribon va mo‘’tabar ayollarga bitta yaxshilik qilsak, ishoninglar, bu o‘zimizga o‘nta yaxshilik bo‘lib qaytadi.
Aziz opa-singillarimiz, onalarimiz bu yaxshilikning albatta qadriga yetadi, hayotdan rozi bo‘lib, shukronalik bilan yashaydi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter