Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘on ko‘chat o‘tqazdi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.
Bu yil O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganiga 30 yil, Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganiga 5 yil to‘ldi.
Ushbu nihol hamkorlik rivojida yangi davr boshlanayotgani, mushtarak ezgu niyatlarning ramzi bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Mazkur xiyobonda boshqa hamkor davlatlar rahbarlari ekkan daraxtlar ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter