Shavkat Mirziyoyev shifokorlar bilan uchrashuv nima sababdan kechikkaniga izoh berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda tibbiyot xodimlari bilan uchrashmoqda. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, soha xodimlaridan kelib tushgan murojaatlarni hal qilish uchun vaqt kerak bo‘lgan, shu sababga ko‘ra uchrashuv vaqtida bir necha bor surildi.
— Uchrashuvdan oldin 25 mingdan ortiq murojaat kelish tushdi. Ularning oltmish foizdan ortig‘i shaxsiy savol. Har bir savolning ortida yillar davomida yig‘ilgan qavatma-qavat muammolar bor.
Albatta prezident so‘ragan vaqtda barcha muammolarni hal qilish lozim. Nima uchun shifokorlar bilan muloqot cho‘zilib ketdi? Chunki biz avval o‘sha muammolarni hal qilishga intildik. 85 foiz muammolar hal bo‘ldi.
Ammo bir narsani aytmoqchiman, agar hamma savollarni hal qilib yuboramiz, desak, adashamiz. Chunki bu shunchaki imkonsiz, balandparvoz gaplardan yiroq bo‘lish lozim. Faqat shuni aytishim mumkinki, biz qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni amalga oshiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter