Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti vaqtida mehmonlardan biriga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgani haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti vaqtida mehmonlardan biriga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgani haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida shifokorlar bilan uchrashmoqda. Davlat rahbari videoselektor orqali Samarqand viloyati bilan o‘tkazilayotgan muloqot vaqtida ShHT sammitida ro‘y bergan hodisani eslab o‘tdi.

— ShHT sammitiga kelgan mehmonlardan biri kasal bo‘lib qolganda unga darhol tibbiy yordam ko‘rsatildi. Operatsiya qilindi va barcha davo choralari ko‘rildi. Mehmonlarimiz Samarqanddagi sharoitni ko‘rib xursand bo‘lib ketishdi.

Ammo tibbiyot sohasida qilinadigan ishlar hali yetarli. Samarqandda tibbiyotni rivojlantirish uchun imkoniyat juda katta.

Men o‘z vaqtida Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlaganman, o‘sha vaqtda bunaqa sharoit yo‘q edi. Qo‘shrabodda tug‘ruqxona qurish uchun oddiy shifer yetishmovchiligi bo‘lgan.

Endi esa iqtisodiyot ishlayapti, soliq tushumlari bo‘lyapti, tibbiyotda pul paydo bo‘lgan. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, tibbiyotni rivojlantirish lozim. Boshqalarga «Samarqand tajribasi»ni o‘rnak qilib ko‘rsatish darajasida bo‘lish kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring