Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qonunga muvofiq, 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Komissiya O‘zbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring