Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
![Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2983769992.jpg)
Bugun 21-mart kuni poytaxtimizdagi «Humo Arena» muz saroyida Navro‘z bayrami tantanalari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir «O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish etilmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Prezident o‘z nutqida butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan qutladi. «Biz o‘z oldimizga katta marralarni qo‘ydik. Ularni xalqimiz bilan birga albatta amalga oshiramiz. Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!» dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter