Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

​Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi

​Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil yanvar oyidagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog‘istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.​

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring