Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi huquqlar berildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi huquqlar berildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati takomillashtiriladi. Tegishli qarorni Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Unga ko‘ra:

- 2022-yil 1-yanvardan boshlab agentlik quyidagi huquqlardan foydalanadi:

- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;

- tadqiqotlar va ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlarini tuzish;

- huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa ta’sir choralarini ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilib olish;

- rezonans va muhokamalarga sabab bo‘lgan korrupsiyaga oid faktlar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlari o‘tkazish.

- Agentlikka davlat organlari faoliyati ochiqligi sohasida yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni moliyalashtirishga ko‘maklashuvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

- 2022-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan “Call-markaz” ishga tushiriladi.

- Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring