Shavkat Mirziyoyev hokimga qattiq gapirdi. Tashrifdan so‘ng u ishdan olindi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga safari doirasida kutilmaganda Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga bordi. Ushbu jarayon tafsilotlarini «Maxsus rakurs» ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev mahalla fuqarolar yig‘ini binosini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, uning achinarli ahvolda ekanini tanqid qilib, shahar hokimi Hamid Habibidinovga (endilikda sobiq) qattiq tanbeh berdi.
«Nega ahvol bunday xarob? Nega shu paytgacha joyiga qo‘yilmagan, nega men kelishim kerak? Qachon hammang kabinetda o‘tirishni bas qilib, galstukni yechib, etik kiyasan? Bu nima ahvol? Surxondaryoni borib ko‘rgin, bunaqa mahalla raisi qolmagan u yerda. Nega ishlamaysizlar, yo‘llarning qandayligini qara, binoni qara, odamlarni qara. Bu Farg‘ona-ku, og‘ayni. Birorta uyingni oldida baraka yo‘q, hamma yer chiqindi bo‘lib yotibdi», — dedi Shavkat Mirziyoyev shahar hokimiga.
Mavzuga oid: Prezidentning kutilmagan tashrifi ortidan Farg‘ona shahar «to‘rtligi» ishdan olindi
Mahalladagi yo‘llarning nosozliklari sababli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Abdurahmon Abduvaliyev ham gap eshitdi.
«Mana shu yo‘llarga kim javob berishi kerak? Sen shuncha yonimda yurgan odamsan, nega shuni aytmaysan? Bu yo‘llar sifati sharmandalik emasmi? Mayli, tumanlarda hech balo qilmabsan, shaharda-chi? Nega men aytmasam qilmaysan shuni, to‘rt yildan beri yonimda yuribsan-ku? Shuncha pul beryapman, nega o‘zingni qiynamaysan? Nega taklif bermaysan, nega hammang befarqsan? Hozir yana ketasizlar, yana eski hammom, eski tos bo‘ladi», — dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter