Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrukka qarashli Nukus gornizonida bo‘lib, xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Bu gornizon hududidagi harbiy qism yotoqxonasi, o‘quv korpuslari, oshxona, shuningdek, harbiy shaharchadagi bog‘cha, maktab va yashash uylari yangilandi. Futbol, tennis, voleybol maydonchalari qurildi.

Kapital rekonstruksiya qilingan o‘quv korpusida muddatli harbiy xizmatchilar kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik kurslari, xorijiy tillar, matematika va fizika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Yana bir binoda merganlik, artilleriya, havo hujumidan mudofaa, harbiy topografiya, harbiy taktik maxsus va aloqa tayyorgarlik bo‘yicha nazariy bilimini oshiradi. Bundan tashqari, boy kitob fondiga ega va zamonaviy axborot vositalari bilan ta’minlangan kutubxona askarlar xizmatida. Bu yerda harbiy xizmatchilar videomuloqot orqali taniqli yozuvchi va shoirlar bilan suhbatlashish imkoniga ega.   

Prezidentimiz turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar jarayonini ko‘zdan kechirdi, yoshlar bilan suhbatlashdi. 

«Harbiylarimizning ham jismonan, ham bilim jihatidan barkamol bo‘lishi uchun hamma sharoitlarni yaratyapmiz. Shuning uchun sizlar bir soat ham vaqtlaringizni behuda o‘tkazmay, kitob o‘qishingiz, chuqur bilim olishingiz, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o‘rganib, yoshlarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Chunki yoshlar bizning tayanchimiz, umidimiz», dedi Prezident.

Fortepianoda opera ijro etgan kursant Jamshid Himmatovning o‘qishi va ijodiga muvaffaqiyat tiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring