Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor, Fransiyada terakt, chirchiqlik padarkush, O‘zbekiston afrikaliklarga qarshi va boshqa xabarlar

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor, Fransiyada terakt, chirchiqlik padarkush, O‘zbekiston afrikaliklarga qarshi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 23-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Xalqaro konferensiyaning matbuot markazi ish boshladi

Muhokama qilinayotgan masalalarning muhimligini inobatga olgan holda, xorijiy jurnalistlarga qulaylik yaratish va dunyoning barcha hududlardagi vaqtlar xilma-xilligini inobatga olgan holda tezkor axborot uzatish maqsadida matbuot markazi 24 soat faoliyat olib boradi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynni Pokiston kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligida qat’iy nazoratdagi dolzarb oylik boshlandi

Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, g‘allani mart va aprel oylarida kamida bir martadan qondirib, sharbat usulida sug‘orish hamda suspenziya usulida bargidan oziqlantirish, o‘simliklarni himoyalash vositalari sepishni yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezident topshirig‘i: «Tomorqaga ekin ekish» oyligi e’lon qilindi

Aholi va dehqon xo‘jaliklariga tegishli unumdor tomorqa yerlaridan foydalanish mutlaqo talabga javob bermasligi tanqid qilindi. Aksariyat aholining 8-10 sotix tomorqa yeri bo‘lsa-da, hech narsa ekmagan.

Jamiyat

Hurmatli haydovchi, endi sen doimiy kuzatuvdasan (foto)

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 18 kun ichida harakat xavfsizligi qoidalari buzilishiga oid 50dan ziyod videorolik qabul qildi.

AKT vaziri Rossiya aloqa vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi.

Endi fohishaxonaga borganlar ham jazolanadi

Adliya vazirligi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fohishaxonaga jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida borgan shaxslarga jazo belgilash to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif qilinmoqda.

Sergeli mashina bozori qayerga ko‘chadi?

Shu maqsadda hukumat mazkur bozorni Toshkent viloyati hududiga ko‘chirish bo‘yicha takliflarini bergan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 10-iyul kuni Sergeli tumaniga tashrifi doirasida muhokama qilingan edi.

Nyu-Yorkka aviaparvozlar keskin oshirilmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi joriy yilning 5-aprelidan 25-oktabrigacha Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ikkinchi muntazam qatnovni yo‘lga qo‘yadi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi bilan tanishing

Toshkent shahar IIBB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarida haydovchilik guvohnomasini almashtirishni istagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-sonli qarori talabidan kelib chiqqan holda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi.

Hodisa

«Olx.uz»ga uya qurgan firibgar

O‘zi oqib kelayotgan pullardan usta sarmast edi. E’lonini yanada e’tibor tortadigan, yanada ishonarli qilib yangilab borar, ammo olmoqning bermog‘i borligini unutayozgandi.

Mudhish qotillik. Chirchiqda 35 yoshli yigit nogiron otasini bo‘g‘ib o‘ldirdi

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan B.Irgashev uyida otasi, 2-guruh nogironi, 1961-yilda tug‘ilgan Z.Irgashev bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, o‘z otasini qo‘li bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Sport

Neymar «PSJ»ga sobiq ustozi murabbiy bo‘lishini istamoqda

Parijning «PSJ» futbol klubi superyulduzi Neymar jamoaning yangi bosh murabbiyi haqida fikr bildirib, Antonio Kontening nomzodini uncha yoqlamayotganini aytdi.

O‘zbekiston olimpiyachilari Keniyaga mag‘lub bo‘ldi

Osiyo chempionligini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz futbol ishqibozlariga olam-olam quvonch hadya etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniyaga yutqazib qo‘ydi. Uchrashuvda 1:2 hisobi qayd etildi.

Kasablankadagi ilk o‘yin durang bilan tugadi

Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi ancha yosh ko‘rindi. Albatta, jamoaga yangi qon kerak, yangi qon esa sinov va o‘yinlarda tanlab, saralab olinadi.

Madaniyat

Murat Yildirim O‘zbekistonga yetib keldi

«Osiyo» teleserialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning «Scorpion» filmida suratga tushishi haqida xabar bergan edik.

Islom Karimov fondi tashkil etgan tanlov g‘oliblari aniqlandi

Insholar quyidagi mezonlar asosida tekshirildi: fikrlarning ravon va to‘g‘ri ketma-ketlikda bayon etilgani, mavzuning to‘liq ochilgani, mavzuga oid faktlar va misollarning o‘rinli keltirilgani, keltirilgan faktlar, misollarga berilgan shaxsiy fikr-mulohazalarning o‘rinliligi, boshqa insholarga o‘xshamasligi va alohida ajralib turish darajasi, badiiy yondashuvning mavjudligi va boshqalar.

Texnologiya

«Xiaomi Mix 2S» smartfoni «har qanday holatda ham yuzni taniydi» (video)

«Xiaomi» kompaniyasi «Face Unlock» yuzni tanish texnologiyasining imkoniyatlari hamda uning yordamida «Mi Mix 2S» smartfoni blokdan chiqarilgan tizerni namoyish qildi.

18 yoshli yigitcha «LEGO»dan o‘ziga protez qo‘l yasadi (video)

O‘ng qo‘li rivojlanmay qolgan Devid Aguilar o‘ziga «LEGO» o‘yinchoqlaridan protez qo‘l yasadi.

Turkmaniston chegarachilari Kaspiy dengizida eronlik ikki baliqchini otib qo‘ydi

Turkmaniston rasmiylari eronlik baliqchilarning Kaspiy dengizida o‘ldirilishi yuzasidan izoh bermadi.

«UMS» yana uchta yangi tarif rejasini taqdim etdi

Kompaniya mart oyining o‘zida tariflarning oltitasini ishga tushirishga ulgurgan edi. Bugun qolgan uchta yangi — «Premial», «Ideal» va «VIP» deb nomlangan yangi tarif rejalarini ishga tushirdi.

Dunyo

Tramp Jorj Bush davridagi mansabdorni yangi lavozimga tayinlaydi

Amaldorning iste’fosi haqida e’lon qilar ekan, Tramp unga mislsiz xizmati uchun minnatdorlik bildirgan va har doim do‘st bo‘lib qolishlarini ta’kidlagan. Makmaster ham o‘z navbatida bir necha oydan so‘ng 34 yillik xizmati singgan AQSh qurolli kuchlari safidan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Tezkor xabar! Fransiyadagi supermarketda otishma

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi qurollangan. Otishma paytida bir politsiyachi jarohat olgan.

Terrorchi Parij va Bryussel terakti ijrochisining ozod etilishini so‘rayapti

Od departamentining Treb kommunasida joylashgan «Super U» supermarketida qurollangan erkak odamlarni garovga olgan edi. Hodisa bo‘yicha javobgarlikni «IShID» o‘z zimmasiga olgan.

Fransiyada terakt. Aslida nima bo‘lgan edi?

Uning xabar berishicha, voqea natijasida 3 kishi, shundan ikki kishi supermarketda o‘ldirilgan. 2 kishi jiddiy jarohatlangan, jumladan, bir politsiya xodimi ham. Shuningdek yana bir nafar politsiyachi o‘zini garovga olingan bir ayol o‘rniga almashishni so‘ragan.

Tavsiya qilamiz

Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda

Darsliklarni tajriba sinov maydonchalarida ikki yuz-uch yuz o‘quvchida sinab ko‘rib minglab o‘quvchiga tatbiq qilish adolatdanmi? Yana bunday tajribalar Toshkent shahrining eng ko‘zga ko‘ringan a’lochilar o‘qiydigan maktabida o‘tkazilsa!

Finlyandiya tajribasi: Bir o‘quvchi boshqa o‘quvchining baholarini bilmasligi kerak

Finlandiya «The Legatum Prosperity Index 2017»ning jahon reytingida «Ta’lim» toifasi bo‘yicha dunyodagi 149 davlat orasida 3-o‘rinni egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring