Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev dunyodagi murakkab vaziyatga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev dunyodagi murakkab vaziyatga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiridagi nutqida dunyodagi murakkab vaziyatga to‘xtaldi.

«Dunyodagi murakkab vaziyatni o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Har kuni yangi-yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelyapmiz.

Bunday vaziyatlarda xalqimizning irodasi va matonatiga tayanib, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz.

Mehnatkash va bag‘rikeng, olijanob xalqimiz, sizday bilimli, faol va shijoatli o‘g‘il-qizlarim bor ekan, biz har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib o‘tamiz!», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilganini ta’kidladi. Mahallalarda 9,5 ming nafar yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirga qadar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 700 mingdan ortiq yigit-qizlarning muammolarini hal etishga 650 milliard so‘m yo‘naltirildi.

So‘nggi ikki yilda 174 ming nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 4 trillion 400 milliard so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring