Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Andijon polkasi» haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi

Shavkat Mirziyoyev «Andijon polkasi» haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi

Ayni vaqtda davom etayotgan videoselektorda «Andijon polkasi» raqsini YuNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish tashabbusi ilgari surilgan.

«Bu yil «Andijon polkasi» — o‘zbek xalq cholg‘u kuyi va raqsining 100 yilligi keng nishonlanadi. Bu raqs nafaqat andijonliklarning, balki ko‘pmillatli O‘zbekistonning eng sevimli va jo‘shqin raqslaridan biri hisoblanadi. Milliy kuy va raqsning eng yaxshi an’analarini aks ettiradigan «Andijon polkasi» ohanglari bilan butun avlodlar ulg‘aygan, odamlarning xursandchilik xotiralari shu raqs bilan bog‘langan, har bir xonadondagi to‘y-hashamning eng avj nuqtasi shu sho‘x kuy va raqssiz o‘tmaydi», degan davlat rahbari.

Videoselektorda «Andijon polkasi» har jihatdan jahon madaniy merosi deb atashga loyiq ekanligi, uni YuNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif berish tashabbusi o‘rtaga tashlangan. Davlat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov har bir andijonlik «Andijon polkasi» raqsiga o‘ynashi kerakligini topshirgandi. Bu holatni viloyat hokimligi ortiqcha izohlashni istamagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring