Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealarga to‘xtaldi
Avval xabar berganimizdek, «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri davom etmoqda.
Bayram tadbirida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealarga nisbatan O‘zbekiston pozitsiyasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
– So‘nggi kunlarda yon qo‘shnimiz Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealarni hammamiz tashvish bilan kuzatib turibmiz. Biz bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdorimiz.
Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashda ko‘prik vazifasini bajara olishiga ishonamiz. Afg‘oniston bilan aloqalarimizda do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga sodiq qolamiz.
Ushbu mamlakatda hokimiyat tranziti xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlarini inobatga olgan holda, milliy kelishuv asosida tinch yo‘l bilan amalga oshirilishi o‘ta muhim, deb hisoblaymiz, – dedi Prezident.
Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter