Shakar narxi oshirilmaydi
Respublika aholisining yillik ehtiyojini (o‘rtacha 650 ming tonna) barqaror ta’minlash uchun zarur darajada (1 mln tonna) shakar mahsuloti mavjud va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q.
Raqobat qo‘mitasining bildirishicha, shakar narxi oshirilmaydi.
Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilmoqda. Xususan, joriy yil 15 aprel holatiga zavodlarda 357 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan.
Shundan, omborda 8 ming tn tayyor shakar va 78 ming tn xomashyo, iyun oyiga qadar 271 ming tn xomashyo yetkazib beriladi.
Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakar ishlab chiqarish quvvatlarini 25 foizga oshirish, natijada sutkasiga 2,5 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Bunda, yillik shakar ishlab chiqarish 600 ming tonnadan 1 mln tonnagacha oshishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter