Shahrixon hokimi deputatlik mandatini topshiradimi?
![Shahrixon hokimi deputatlik mandatini topshiradimi?](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3520584359.jpg)
Jalaquduq tuman ma’muriy sudi 26-Segaza okrug saylov okrugidan xalq deputatlari Shahrixon tuman Kengashiga bo‘lib o‘tgan (2019-yil 22-dekabr) saylov natijalarini qonunga xilof deb topdi. Bu haqda «telegram»dagi «Soyadagi siyosatchilar» kanali ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, sud arizachi - Rahimov Nodirbek Ne’matjonovichning (O‘zLiDeP partiyasidan deputatlikka nomzod) «Shahrixon tuman Kengashiga saylov bo‘yicha 26-Segaza saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomasiga saylovchilarning ovozlari sonini noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq xatti - xarakatlarini qonunga xilof topish xaqida»gi shikoyat arizasini qanoatlantirilgan.
Aytilishicha, qonunga zid deb topilgan o‘sha saylovda ayni paytda Shahrixon tumani hokimi vazifasini ado etayotgan Hikmatillo Dadaxonov mahalliy kengashga deputat etib «saylangan». Bundan anglashiladiki, noqonuniy ravishda deputatlik mandatiga ega chiqqan hokim shu paytgacha xalq deputatlar Shahrixon tuman kengashiga raislik qilib kelmoqda.
Ajab savdolar...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter