Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida og‘ir sharoitdagi 100 dan ortiq xotin-qizlarga zarur anjomlar berildi

Sergelida og‘ir sharoitdagi 100 dan ortiq xotin-qizlarga zarur anjomlar berildi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tumanda olib borilgan oilalarni o‘rganish ishlari davomida ulardagi mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 106 nafar og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar aniqlangan.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevral kunidagi Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ularga yuzdan ortiq zaruriy anjomlar ajratildi.

Bular nogironlik aravachalari, eshitish va yurish moslamalari, maishiy texnika muzlatgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinalari va yotoqlar sovg‘a qilindi.

25 may kuni Sergeli tuman hokimligida tashkil etilgan mazkur tadbirda Jamoat fondi tomonidan xarid qilingan ushbu vositalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva tomonidan muhtoj xotin-qizlarga topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring