Senator, yozuvchi Sharap Usnatdinov vafot etdi
Oliy Majlis Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, fidoyi jurnalist, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.
Jurnalist, siyosatchi Sh.Usnatdinov 1942-yil Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Marhum Nuroniy jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar mamlakatimizning rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan inson. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan yozuvchi, jamoat arbobi xalqimizga «Kimga kech, kimga tong sahar», «So‘nggi ovchi», «Ko‘rganlarim, ko‘ngildagilarim», «Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri», «Shoirning yoshligi» kabi roman va qissalarini meros qilib qoldirdi.
«Xabar.uz» marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter