Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Senatning yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Bugun, 20 dekabr kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq sakkizinchi  yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat  a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring