Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun senat yalpi majlisi ochiladi. Unda qanday masalalar ko‘riladi?

Bugun senat yalpi majlisi ochiladi. Unda qanday masalalar ko‘riladi?

Foto: xabar.uz

Bugun, 2019-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi.

Yalpi majlis kun tartibiga 19 masala kiritilgan bo‘lib, shundan o‘ntasi qonunlardir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yilgi xarajatlariga o‘zgartish kiritish, Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postlari faoliyatini o‘rganish natijasi yuzasidan, arzon uy-joylar qurish jarayonidagi muammolar yuzasidan hamda aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayonidagi muammolar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda:

http://www.senat.uz/uz/site/live

www.facebook.com/senatuzb/

https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring