Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sektor rahbarlari yoshlar muammolariga qiziqdi

Sektor rahbarlari yoshlar muammolariga qiziqdi

«Ibrat farzandlari» loyihasi haqida ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak? Ammo yoshlarimiz orasida bu loyihani yaxshi biladiganlar juda ko‘p. Boisi telegram kanalida 74 ming nafardan ortiq obunachisi bor. Demak, shuncha yosh bu loyihaga nafaqat qiziqadi, balki ishtirokchi ham. Birgina til ixlosmandlari uchun eksklyuziv «IBRAT Academy» ilovasi orqali mutlaqo bepul 20 dan ortiq xorij tillarini o‘rganishingiz mumkin.

Ularning shiori: «Jamiyat bizni muvaffaqiyatsizlikka yo‘naltirmaydi, askincha, muvaffaqiyat sari ilhomlantiradi». Loyihaning maqsadi: yoshlar turli tillarni o‘rganishi, o‘zini namoyon etishi, bilimlarini chuqurlashtirishi, san’at bilan hamohangligini ko‘rsatishi, hatto onlayn marafonda qatnashib London kabi chet el shaharilarga tekinga sayyohat qilib kelishi mumkin, qoyilmisiz?

Ayni kunlarda esa poytaxtimizda joylashgan Yoshlar ijod saroyida «Yoshlar haftaligi» doirasida sektorlar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari ham o‘tkazilmoqda. Yaqinda Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida «Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.

Rahbarlar yoshlar tomonidan aytilgan fikr va mulohazalar, taklif va tashabbuslar, ularni qiynayotgan muammolarni tingladilar. Uchrashuv davomida «Mutolaa» hamda volontyorlik loyihalari bo‘yicha yoshlarning taqdimotlari namoyish qilindi. «Ibrat farzandlari» loyihasi jamoasi tomonidan mashhur ustoz san’atkor Ergash Karimov 1972 yilda sahnalashtirgan «Uchrashuv» teleminiatyurasidagi «Imtihon» sahnasi orqali o‘zbek tilini qadrlashga va tilimizni buzmasdan gapirishga chorlashgan.

foto: t.me/ibratfarzandlari

Uchrashuv so‘ngida ilm-fan, madaniyat, ta’lim, san’at, sportda katta marralarga erishgan yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring