Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov: «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz»

Sardor Umurzoqov: «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz»

Yig‘ilishda, vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan bo‘lishiga qaramay, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari uchrayotgani jiddiy tanqid ostiga olindi.

«Mana, masalan, Olmaliqdagi g‘isht zavodi gaz hisoblagichlardagi onlayn modemni uzib, ko‘rsatkichni «nol» qilib qo‘yib, gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan. Eng qizig‘i, ushbu holat aniqlangach, viloyat prokurori Prezident administratsiyasi mas’ullaridan shu zavodni o‘chirmaslikni so‘ragan. Prokurorning manfaati bormi bunday noqonuniy ulanishga?», — dedi Sardor Umurzoqov.

Administratsiya rahbarining ta’kidlashicha, ushbu zavod egalarining Angrenda ham zavodi bo‘lgan. Bosh vazir o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya Olmaliqqa kelganini eshitib, darrov Angrendagi zavodini yopishgan. Agar Angrendagi zavodda ham qonunbuzilish holati aniqlansa, bu bo‘yicha ham alohida ish qo‘zg‘atilishi ma’lum qilindi.

«Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q, tadbirkor bilan til biriktirgan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, kamida hudud rahbarlarining beparvoligi masalasi ham ko‘rib chiqiladi», — dedi administratsiya rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring