Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov o‘tkazgan yig‘ilishda ikki hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Sardor Umurzoqov o‘tkazgan yig‘ilishda ikki hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Bosh vazirning o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilish yakunlari bo‘yicha eksportchi va investorlarni qo‘llab-quvvatlashda yo‘l qo‘yilgan qoloqlik va kamchiliklar uchun intizomiy choralar ko‘rilgan.

Xususan, Bo‘zatov tumani va Zarafshon shahri hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘z lavozimlaridan ozod etilgan. Investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlamagani natijasida 32 ta investitsiya loyihasi muddatida ishga tushirilmagani hamda 395 ta yangi ish o‘rinlari kechiktirib yaratilgani uchun 19 nafar hokim o‘rinbosariga hayfsan e’lon qilingan.

Bundan tashqari, Shumanay, Chortoq va Konimex tumanlari hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish uchun 3 oylik sinov muddati belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring