Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Rahimxon «Yurak amri» fondi to‘xtatilganini e’lon qildi

Sardor Rahimxon «Yurak amri» fondi to‘xtatilganini e’lon qildi

«Yurak amri» xayriya jamoat fondi faoliyati tugatilgani e’lon qilindi. Bu haqda fond raisi Sardor Rahimxon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

«Ikki yillik faoliyatimiz davomida minglab insonlarning xonadonlariga xursandchilik olib kirishga Alloh bizni sababchi qildi. Uylar topshirildi, kasallar tuzaldi, qarzlar uzildi, bolalarimiz, yetimlarimiz, farzandlarimiz qalbiga xursandchilik kirdi. Ular o‘qiyaptilar, shu yurtga muhabbat bilan katta bo‘lyaptilar.

Tan olish kerak shaxsan men o‘zim ham, jamoamiz ham bunday katta ko‘lamga tayyor emasdik. Tayyor emas ekanmiz. Ayniqsa, minglab insonlarning omonatlari, ehsonlari haqida gap ketganda, bizni ham jismoniy, ham ruhiy imkoniyatlarimiz yetishmasligini his qildik. Shu sabab katta xatolarning oldini olish maqsadida yurtimiz, aziz xalqimiz, yurtboshimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lsin degan maqsadda vaqtinchalik faoliyatimizni to‘xtatishga qaror qildik. Ya’ni yanada kuchga to‘lish, xatolarimizni isloh qilish, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mana shunday qarorga keldik», deya izohladi Sardor Rahimxon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring