Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga olib keladigan asosiy muammolardan biri aytildi

Saratonga olib keladigan asosiy muammolardan biri aytildi

Ovqatlanish tartibidagi muammolar saraton rivojlanishiga sabab omillardan biridir.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklarda saraton kasalligining qariyb 40 foizi va ayollarda 60 foizi ovqatlanishdagi muammolar bilan bog‘liqdir. 

Oziq-ovqat komponentlarining yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi metabolik muammolar va organlarning disfunksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. 

«Tartibsiz va nosog‘lom ovqatlanish sabab faol bo‘lmagan kanserogenning dozasi shish paydo qilishi mumkin», deya xulosa beradi rossiyalik vrach Ivan Karasev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, saratonning barcha shakllarining 80 foizidan ortig‘i «ma’lum bir kanserogen ta’siri bilan bog‘liq». U tayyor, qadoqlangan,saqlangan yoki qayta ishlangan oziq-ovqat orqali tanaga kiradi. Bundan tashqari, zararli moddalar ifloslangan suv yoki tuproq oqali ham kirishi mumkin. 

Eng xavflisi pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar, shuningdek, gormonlar va antibiotiklar yordamida yetishtirilgan go‘sht mahsulotlaridir. 

Karasevning ta’kidlashicha, hozir odamlarning ratsionida ilgari katta hajmda iste’mol qilinmagan oziq-ovqatlar - shakar, margarin, tez tayyorlanadigan taomlar, sanoat konservalari mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring