Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbar tayinlandi
Prezident qarori bilan (PQ-4849, 06.10.2020-y.) Bahodir Kahramonovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Prezidentining shu yil 25-iyuldagi «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etilgandi. Ushbu xizmatning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi virus zanjirini uzish etib belgilangandi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi, hokimliklar bilan birgalikda bemorlarni sog‘aytirish va ulardan boshqalarga virus yuqishini kamaytirish ham xizmatning eng muhim yo‘nalishi sifatida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Yusupaliyev shu yilning aprel oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter