Samarqandning ikki tumanida hokim o‘zgardi
Samarqand viloyatining Jomboy va Oqdaryo tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Abilov Feruz Ne’matullayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Sulaymonov Najmiddin Baxriyevich nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Jomboy tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan To‘ychiyev Hamza Hakimovich ham o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sobirov Qayum Hamrayevich nomzodi Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter