Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi yirik YPX postlari tugatilmoqda

Samarqanddagi yirik YPX postlari tugatilmoqda

Samarqandda YPX postlari buzilmoqda.

Foto: «Kun.uz»

Samarqand viloyati, Oqdaryo tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi «Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi» avtomagistralining 36-kilometrida joylashgan «Loyish» muntazam yo‘l-patrul maskani bartaraf etilmoqda. Bu haqda KUN.UZ sayti xabar berdi.

Shuningdek, «Almati – Toshkent – Termiz» yo‘nalishidagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi 1081-kilometrida joylashgan «Shtab» YPX maskani ham tugatilmoqda.

Mahalliy ahamiyatga molik «Samarqand – Juma – Kattaqo‘rg‘on» yo‘nalishidagi 4R-46 avtomobil yo‘lining Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tuvchi 9-kilometrida joylashgan «Charxin» YPX maskani ham olib tashlanadigan bo‘ldi.

Ushbu muntazam YPX maskanlarining faoliyati viloyatda tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib, ularning faoliyati to‘xtatildi.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tanqid qilgan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ham mamlakat hududidagi 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlanganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring