Samarqandda xalq ta’limi rahbarlarining qariyb 52 foizi baholashdan o‘ta olmadi
Samarkand viloyatida 56 nafar tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari boshqaruv xodimilarining baholash jarayoni yakunlandi. Baholash natijasida 29 nafar (51,8 foiz) xodim sinovdan o‘ta olmadi, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Avvalroq Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatida ham baholash jarayoni o‘tkazilgan
Eslatib o‘tamiz, mehnat shartnomasi bekor qilingan boshqaruv lavozimlari bo‘yicha ma’lumotlar vacancy.argos.uz veb-saytiga joylanadi. Mazkur lavozimlarga mos keluvchi fuqarolar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Navbatdagi baholash jarayoni Navoiy viloyatida o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter