Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tanishini mix bilan o‘ldirgan yigit voqea tafsilotlarini aytib berdi

Samarqandda tanishini mix bilan o‘ldirgan yigit voqea tafsilotlarini aytib berdi

Videodan kadrlar

Urgut tumanida 26 yoshli Sardor B. tanishi 50 yoshli Olim O‘. bilan janjallashib qolib, uni mix bilan o‘ldirib qo‘yadi. Sardor B. hodisa qanday yuz bergani haqida «Bu kun» dasturiga aytib berdi.

«Ovqatlanishga o‘tirdim. U ham o‘tirgan ekan. Chiqib ketayotgandim, kelib mahkam ushlab oldi. Iltimos qilib, aroq olib berasan, dedi. Yana 100 gramm aroq olib berib, meni tinch qo‘y, deb chiqib ketayotganimda orqamdan ushlab olib haqoratlashni boshladi. Yoshing katta, jim, men ketishim kerak, uydagilar kutib o‘tiribdi, deb bir necha bor ogohlantirdim.

Juda qattiq haqoratlashni yana boshladi. 10 martadan ziyod uni ogohlantirdim, o‘zimga javob berolmay qolaman, deb Keyin qo‘lim bilan jarohat yetkazdim yuz qismiga, keyin oyog‘im bilan tepib tashladim. Shunda ham haqoratlashdan to‘xtamadi.

Qo‘rqitish uchun «xozmag»ni oldidan mix oldim. Qo‘liga uraman degan niyatim bor edi, lekin chap ko‘kragi sohasiga tegib qolgan ekan. 4 marotaba mix bilan urdim. Shundan keyin to‘xtab, o‘zim ham qo‘rqib qoldim. O‘sha vaqtda tez yordam keldi va shifoxonaga olib ketdi. Meni hech kim so‘ramadi. O‘z xohishim bilan tez yordam orqasidan shifoxonaga bordim.

Bunday bo‘lishini umuman kutmagandim. To‘rt nafar farzandim bor. Ularning yuziga dog‘ tushirishni xohlamagandim. Taqdir taqozosi bilan shunday bo‘lib qoldi. Lekin men qochganim yo‘q. Aybimga to‘liq iqrorman. Singlimni va onamni haqoratlagani juda og‘ir botdi. Men ham otam tengi odamni bu darajaga yetkazishni xohlamagandim», – deydi u. 

Avvalroq, ushbu qotillik aks etgan videoni internetda tarqatgan shaxs 7 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring