Samarqandda qizlar uchun biznes-klub ochildi
Samarqand shahrida «O‘z biznesingni boshla» shiori ostida qizlar uchun seminar tashkil qilindi.
Samarqand viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va ularga shart-sharoit yaratib berish borasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tadbirkor Ayol uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Olima ayollar uyushmasi, O‘rta maxsus kasb-hunar kolleji va yirik tadbirkorlar bilan hamkorlikda Samarqand viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida «O‘z biznesingni boshla» shiori ostida qizlar uchun biznes-klub ochildi.
Biznes-klubni ochishdan maqsad – O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qabul qilingan qonunlar bilan tanishtirish, qizlarni tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda amaliy yordam berishdir.
Biznes klubda Samarqand viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan yirik tadbirkorlar ishtirok etib, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga biznes rejalar tuzish va tadbirkorlikni kanday boshlash, uni rivojlantirish borasida maslahatlar berildi va yirik tadbirkorlarga endi tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar biriktirib berildi. Bundan tashqari Markaziy bank xodimlari tomonidan imtiyozli kreditlarni qanday olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter