Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
![Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_237057440.jpg)
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasida Haydarov Jamshid Temurovich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida faollar ishtirokidagi yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va bu vazifaga J.Haydarov tayinlanishini aytgandi.
Shu paytga qadar ham «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi dereksiyasiga rahbarlik qilib kelgan Jamshid Haydarov 1975-yilda tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter