Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga rahbar tayinlandi
Sobirjon Mahmudovich Rustamov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
S.Rustamov 1968-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarni soliqqa tortish, tushumini tahlil va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan.
U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter