Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand aeroportida 14 million 104 ming so‘mlik parfyumeriya mollari ushlab qolindi

Samarqand aeroportida 14 million 104 ming so‘mlik parfyumeriya mollari ushlab qolindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-sonli Qaroriga ko‘ra jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali 3 dona birlikdagi atir va atirsimon suyuqliklarni bojsiz olib kirish me’yorlari belgilangan.

Biroq, ayrim fuqarolar mavjud qonunchilikka rioya etmay, o‘z manfaatini ustun qo‘yib, bojxona nazoratidan yashirincha yo‘llar bilan tovarlarni olib o‘tish holatlari uchramoqda.

Xususan, Samarqand xalqaro aeroportiga “Vnukovo-Samarqand” yo‘nalishidagi 809-sonli aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. “yashil yo‘lak” orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida undan bagaj va qo‘l yuklarida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish me’yorlardan ortiqcha tovarlar bor-yo‘qligi so‘ralgan. Fuqaro N.M. yonida me’yordan ortiqcha tovarlar yo‘qligini aytgandan so‘ng bojxona xodimlari xolislar ishtirokida unga tegishli bagaj sumkasini ko‘zdan kechirgan.

Sumka ichidan 10 turdagi, bozor bahosi 5 million so‘mdan ziyod ayol va erkaklar parfyumeriya mollari (atirlar) borligi ma’lum bo‘lib, bojxona xodimlari tomonida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Sud fuqaro N.M.ni qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari mavjud emas, deb hisoblab, unga nistaban jazo tayinlashda muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligi, oilaviy sharoitini inobatga olib tegishli qaror chiqardi.

Fuqaro N.M. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 22722-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgangan deb topildi. Shuningdek, sud insonparvarlik prinsipiga tayanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasiga asosan fuqaro N.M.ni  ma’muriy javobgarlikdan ozod etdi.

Shu bilan birga 10 turdagi, bozor bahosi 5 million so‘mdan ziyod ayol va erkaklar parfyumeriya mollari (atirlar) davlat foydasiga musodara qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda me’yordan ortiqcha 14 million 104 ming so‘mlik, 1194 dona parfyumeriya mollari olib kelinishi oldi olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring