Samarqand aeroporti Yevropaning eng yirik aeroportlar TOP-5 taligiga kirdi
Samarqand xalqaro aeroporti, Xalqaro aeroportlar Kengashining Yevropa bo‘linmasi reytingida yo‘lovchi oqimi o‘sishi bo‘yicha Yevropaning eng yirik 5 aeroporti qatoriga kirdi.
Oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha Samarqand aeroporti mintaqaviy va kichik aeroportlar toifasida yiliga 100 mingdan 1 milliongacha yo‘lovchi oqimi bilan 4-o‘rinni egallab, 2019 yil oktyabr oyiga nisbatan 139 foizga, 10 oy yakunlari bo‘yicha esa 3-o‘rinni egallab, 2019 yilning shu davriga nisbatan 103,7 foizga o‘sgan.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon Samarqanddan 7 ta mahalliy va 20 ta xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirilmoqda. Ulardan Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralnie Vodi, Ufa, Samara va Urganch shaharlarga birinchi bor aviaqatnovlar ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter