Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saksondan oshiq mansabdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Saksondan oshiq mansabdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni o‘z oldiga tadbirkorlarning xuquqlariga rioya etilishini nazorat qilishni  ustivor yo‘nalish qilib belgilab olgan.   

Vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi tomonidan  joriy  yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlar faoliyatida tekshirish o‘tkazish tartibini buzgan, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishda muddat buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan va tadbirkorlarga Davlat xizmatlarini  ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etmagan  saksondan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Xususan tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqishning belgilangan  tartibi va  muddatlariga rioya etmagan 38 nafar, noqonuniy tekshirish o‘tkazgan va tekshirish o‘tkazish tartibini buzgan 27 nafar, Davlat xizmatlari  ko‘rsatish tartibiga rioya etmagan 10 nafar va tadbirkorlar manfaatiga rioya etishda xuquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan  8 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy ish qo‘zg‘atilib tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari turli Davlat  va nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra tadbirkorlar bilan ishlashda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarmaganligi uchun 10 dan ziyod mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

Vakil Devoni tomonidan bu boradagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring