Saida Mirziyoyeva xorijlik pedagoglar bilan uchrashdi
Bugun, 14-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva mamlakatimizga taklif etilgan xorijlik pedagoglar bilan uchrashdi.
«Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.
Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.
Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!», deya fikrini yakunlagan Mirziyoyeva.
Saida Mirziyoyeva avvalroq AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter