Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xavfsiz Yordam» loyihasi: mingta muhtoj oilaga bir million so‘mdan berildi

«Xavfsiz Yordam» loyihasi: mingta muhtoj oilaga bir million so‘mdan berildi

Foto:«Xabar.uz»

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva koroanvirus pandemiyasi vaqtida fond tomonidan ko‘rilayotgan choralar xususida to‘xtaldi. 

«Bugungi tahlikali kunlarda o‘n minglab odam bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zmoqda, qalbining bir parchasini berib, bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Og‘ir ahvolda qolganlarga dalda bo‘layotgan hamma-hammadan behad minnatdormiz. Fondimiz ham bu ishlarda faol ishtirok etmoqda.

Ammo pandemiya muhtoj insonlarga ko‘mak berish masalasiga boshqacha ko‘z bilan qarashga bizni majbur qildi. Yordam berish jarayonida salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaslik, ya’ni imkon qadar «bevosita muloqot qilmaslik» qoidasiga rioya qilish zarur edi. Shu tariqa «Xavfsiz Yordam» loyihasi paydo bo‘ldi.

Biz karantin tufayli moddiy ahvoli og‘irlashgan ayollar uchun mingta Uzsard kartasini tayyorlatdik va Jamoat fondi hisobidan bir milliard so‘m o‘tkazdik. Butun respublika bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj, farzandlarini yolg‘iz tarbiya qilayotgan, ishsiz qolgan ming nafar ayol tanlab olindi. Ularning ro‘yxatini tuzishda bir qator tashkilot va ko‘ngillilar jamoalari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarlik va profilaktika bo‘limi, Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi yaqindan yordam berdi. Zero, kim birinchi navbatda ko‘makka muhtoj ekanligi aynan ularga ma’lum» -deya yozadi Mirziyoyeva.

 O‘n kun davomida mingta kartaning har bittasi o‘z sohibasiga yetkaziladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring